TLDR: Uzoq ikkilanishlardan so’ng video darsliklarni to’htatishga qaror qildim.

Nega? Youtube sahifamning statistikasini davomli ko’rib turaman. Maqsad “content”ning auditoriyaga qanchalik to’gri kelishini nazorat qilish, agar uncha to’gri kelmasa u mavzudagi “content”ni to’htatish. Bazi mavzular (ko’pincha “basic/fundamental concept”lar) yaxshi ko’riladi, yaxshidan murod videoning taxminan 30-40 foizi korilganlari. Lekin afsuski juda ko’p mavzularda buning aksini kuzatdim. 1 soatlik videolarda o’rtacha ko’rish muddati 5 minut. 1 soat balki juda ko’pdir degan fikrga borib 30 minut atrofida bo’lganlarini ham ko’rdim, 5 minut 3 minutga tushdi. 3 minutlik video balki to’liqroq ko'rilgandir desa ular ham bor-yo’g’i 1 minut ko’rilgan. Lekin qiziq tomoni shundaki, darslarga ham youtubeda ham telegram kanalda ijobiy emojilar bor. Shu ijobiy emojilarni qo’ygan azolar hisobidan ham ko’rdim, shundayam 50 foiz “view duration” chiqmadi, demak ijobiy “feedback” bergan kanal azolarining ham katta qismi video to’liq ham ko’rishmaydi. Bu holatning sabablarini qidirishga harakat qilib ko’rdim:

Yuqorida keltirilganlarning qaysi biri vaziyatning asl sababi bo’lmasin shaxsan meni bu ishni to’htatish kerak degan xulosaga olib kelyapti. Agar qarorim bazilarning kayfiyatini tushirgan bo’lsa hammalaridan alohida uzr so’rayman! Ustimdagi haqqingizga rozi bo’linglar! Va meni to’g’ri tushunasizlar deb umid qilaman.

PS: sohaga yangi kelganlar va tajribasi hali kam bo’lgan azolarimizga maslahatim, hech kim hech narsani osonlik bilan o'rganib olmagan, bunga amin bo'lishingiz mumkin (shaxsiy tajribamdan), bir mavzuni yaxshi tushunmasangiz o'ylamang ki buni boshqalar oson tushunib o'rganib ketgan. "Meniki emas ekan" deb ketishga shoshilmang, chunki bu imkoniyat qo'lingizda doim bo'ladi. Rag'bat qiling, takror harakat qiling. Darhaqiqat “Kim ilm yo'lini tutsa, Alloh uni jannat yo'liga yo'llab qo'yadi. Albatta farishtalar ilm talabidagi kishiga rozi bo'lgan hollarida qanotlarini yozib turadilar”.